“Wednesday” serialining uchinchi mavsumi suratga olish ishlari yakunlandi
E’lon qilingan sana: · 691

Netflix “Wednesday” serialining uchinchi mavsumi suratga olish ishlari yakunlanganini yangi kadr orqali ma’lum qildi. Premyera 2027-yilda kutilmoqda.
Bosh rolga Jenna Ortega Uenzdey Addams obrazida yana qaytadi. Aktyorlar tarkibidan Ketrin Zeta-Jons, Eva Grin, Uinona Rayder, Lina Hidi va boshqalar ham o‘rin olgan. Rejissyorlardan biri Tim Berton bo‘lgan.
Yangi qismlarda Uenzdey dugonasi Enidni (Emma Myers) o‘lim xavfidan qutqarishga otlanadi. Serialning birinchi mavsumi Netflix’da 2022-yilda, ikkinchisi esa 2025-yilda namoyish etilgan.
"Wednesday" seriali uchinchi mavsumining ilk tizeri e'lon qilindi
Aktyorlar tarkibiga Tim Byorton bilan birga koʻp bora ishlagan Vaynona Rayder ham qo‘shiladi.