Disney Lionel Messi haqidagi multserialning ilk tizerini taqdim etdi
E’lon qilingan sana: · 108

Disney ijrochi prodyuseri Lionel Messi bo‘lgan “Messi and the Giants” animatsion serialining ilk tizerini namoyish etdi.
Serialning bosh qahramoni — 12 yoshli Leo. U gigantlar hukmronlik qiladigan muqobil olamga tushib qoladi va uyiga qaytish uchun futbolni eslatuvchi musobaqalarda ishtirok etishi kerak bo‘ladi.
“Messi and the Giants” premyerasi 2027-yil yozida Disney+ platformasida bo‘lib o‘tadi.