Toshkent va Urganchda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi (dastur)

23−25 oktyabr kunlari Toshkentda, 27-oktyabrda esa ilk bor Urganchda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi. Festival dasturidan drama, komediya, biografik, hujjatli va animatsion filmlar o‘rin olgan.
Toshkentdagi namoyishlar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida (sobiq Panorama) tashkil etiladi. Dasturdan Fransiya, Italiya, Germaniya, Litva, Latviya, Lyuksemburg, Kipr, Gretsiya, Sloveniya va Ruminiya kinematografiyasiga oid filmlar joy olgan.
Xususan, tomoshabinlar mashhur italiyalik bastakor Ennio Morrikone hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ennio” hujjatli filmini, “Sezar” mukofoti sovrindori “Qor qoplonini qidirib” kartinasini, shuningdek, ikki karra Olimpiya chempioni Ulyana Semyonova haqidagi “Ulya” biografik filmini tomosha qilishi mumkin.
Toshkentdagi namoyishlar jadvali
23-oktabr:
- 11:00 — “Kiprik qoqishni unutmang” (Litva, 16+);
- 14:00 — “Qor qoplonini qidirib” (Fransiya, 12+);
- 18:00 — “Ennio” (Italiya, 12+).
24-oktabr:
- 11:00 — “Yashirin shamollar” (Kipr, 12+);
- 14:00 — “Nika” (Sloveniya, 16+);
- 18:00 — “Momiq ayiqcha hayotidan bir kun” (Gretsiya, 14+).
25-oktabr:
- 11:00 — “Agar men yo‘q bo‘lsam-chi” (Lyuksemburg, 16+);
- 14:00 — “Ulya” (Latviya, 12+);
- 18:00 — “Yuridik fakultet jamoasi” (Ruminiya, 18+).
Urganchdagi namoyishlar
27-oktabr kuni festival ilk bor Urganch shahrida ham tashkil etiladi. Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda uchta film namoyish etiladi:
- 11:00 — “Bog‘dagi qayiq” (Fransiya va Lyuksemburg, 12+);
- 14:00 — “Karla” (Germaniya, 16+);
- 16:30 — “Momiq ayiqcha hayotidan bir kun” (Gretsiya, 14+).
Bundan tashqari, 28-oktyabr kuni Britaniya Kengashi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda talabalar uchun qisqa metrajli filmlar namoyishini tashkil etadi. Moc Hub madaniy makonida ham keng jamoatchilik uchun filmlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Barcha namoyishlarga kirish bepul. Filmlar original tilida, o‘zbek va / yoki rus tillaridagi subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, Yevropa kino festivali 2013-yildan buyon Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Yevropa mamlakatlari elchixonalari hamda Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkil etib kelinmoqda.