Yevropa filmlari festivali

Toshkent va Urganchda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi. Festival dasturidan drama, komediya, biografik, hujjatli va animatsion filmlar o‘rin olgan.
Toshkentdagi namoyishlar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida (sobiq Panorama) tashkil etiladi.
23-oktabr:
- 11:00 — “Kiprik qoqishni unutmang” (Litva, 16+);
- 14:00 — “Qor qoplonini qidirib” (Fransiya, 12+);
- 18:00 — “Ennio” (Italiya, 12+).
24-oktabr:
- 11:00 — “Yashirin shamollar” (Kipr, 12+);
- 14:00 — “Nika” (Sloveniya, 16+);
- 18:00 — “Momiq ayiqcha hayotidan bir kun” (Gretsiya, 14+).
25-oktabr:
- 11:00 — “Agar men yo‘q bo‘lsam-chi” (Lyuksemburg, 16+);
- 14:00 — “Ulya” (Latviya, 12+);
- 18:00 — “Yuridik fakultet jamoasi” (Ruminiya, 18+).
Urganchdagi namoyishlar
27-oktabr kuni festival ilk bor Urganch shahrida ham tashkil etiladi. Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda uchta film namoyish etiladi:
- 11:00 — “Bog‘dagi qayiq” (Fransiya va Lyuksemburg, 12+);
- 14:00 — “Karla” (Germaniya, 16+);
- 16:30 — “Momiq ayiqcha hayotidan bir kun” (Gretsiya, 14+).
Bundan tashqari, 28-oktyabr kuni Britaniya Kengashi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda talabalar uchun qisqa metrajli filmlar namoyishini tashkil etadi. Moc Hub madaniy makonida ham keng jamoatchilik uchun filmlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Barcha namoyishlarga kirish bepul. Filmlar original tilida, o‘zbek va / yoki rus tillaridagi subtitrlar bilan namoyish etiladi.