"kinoxona" kinoteatri yangi joyda ochiladi

E’lon qilingan sana: · 269
"kinoxona" kinoteatri yangi joyda ochiladi

“kinoxona” mustaqil kinoteatri Chimkent ko‘chasi, 17-uyga ko‘chib o‘tadi. 25-oktyabr — ochilish kuni uchta film namoyishi bo‘lib o‘tadi va Yelena Martinovaning “Chiroyli Vanitas” shaxsiy fotoko‘rgazmasi ochiladi.

“Markazga ko‘chib o‘tish — tomoshabinlar sari tashlagan qadamimiz, kinoteatrning asl maqsadini — insonlar, g‘oyalar va dunyoga boʻlgan turli qarashlar tutashadigan maskan bo‘lishdek mohiyatini o‘zgartirmagan holda, uni yanada yaqinroq qilish imkoniyatidir”, — deya ta’kidladi rejissyor, Tashkent Film School va “kinoxona” hammuassisi Mixail Borodin.

Ochilish dasturi soat 12:00 da 78-Kann kinofestivalining “Rejissyorlar ikki haftaligi” dasturiga kiritilgan “Одиссея одуванчиков” animatsion filmi namoyishi bilan boshlanadi.

Yelena Martinovaning “Chiroyli Vanitas” nomli shaxsiy fotosuratlar koʻrgazmasi soat 16:00 da ochiladi. Kirish bepul va koʻrgazma 30-noyabrgacha davom etadi.

Kechqurun tomoshabinlarga ikkita film namoyish etiladi: soat 18:00 da — Andrey Tarkovskiyning soʻnggi filmi “Жертвоприношение” va soat 21:00 da — Takasi Miikening kultga aylangan “Кинопроба” filmi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling