Anons
"Momaqaymoqlar Odisseyasi" multfilmi namoyishi
E’lon qilingan sana: · 79

25-oktyabr kuni Chimkent koʻchasidagi yangi joyda ochiladigan “kinoxona” kinoteatrida Momoko Setoning “Momaqaymoqlar Odisseyasi” (2025) animatsion filmi namoyish etiladi.
Film Kann kinofestivalining “Rejissyorlar ikki haftaligi” dasturida namoyish etilgan. Yadro portlashlari Yerni vayron qilganidan soʻng, toʻrtta momaqaymoq urugʻi kosmosga uchirilib, noma’lum sayyorada yangi hayot izlaydi. Rejissyor makro fotografiya va kompyuter animatsiyasini birlashtiradi. Filmda dialoglar yoʻq.
Chipta narxi: 90 000 soʻm.