Lionsgate “Naruto” filmini suratga olishga rasman ruxsat berdi

Gollivudda “Naruto” mangasining kinoadaptatsiyasi rasman tayyorlanmoqda. The Hollywood Reporter xabarlariga ko‘ra, Lionsgate studiyasi loyihaga “yashil chiroq” yoqqan.
Sony Pictures esa filmni moliyalashtirish va xalqaro prokatga chiqarish bilan shug‘ullanadi. Rejissyorlikni yangi “O‘rgimchak odam” filmi muallifi Destin Daniel Kretton o‘z zimmasiga oladi.
Filmga Masashi Kishimotoning 1999−2014-yillarda nashr etilgan “Naruto” mangasi asos bo‘ladi. Uning 2002−2007-yillarda namoyish etilgan shu nomdagi animatsion seriali ham mashhur. Syujet Yashirin Barg qishlog‘ida yashovchi yosh ninja Naruto Uzumaki haqida hikoya qiladi. U o‘z qishlog‘ining eng kuchli va hurmatli jangchisi — Hokage bo‘lishni orzu qiladi. Keyinchalik Naruto Kakashi Hatake timsolida ustoz va yangi do‘stlar topadi.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Kakashi Hatake roliga “Грызня” seriali orqali tanilgan Charlz Melton da’vogarlik qilmoqda. Filmning aniq premyera sanasi hozircha noma’lum. “Naruto"ning kinoadaptatsiyasini yaratish ishlari Gollivudda 2015-yildan beri davom etmoqda.
“Naruto” filmining suratga olish ishlari 2027-yilda boshlanadi
“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi rejissyori Destin Daniel Kretton “Naruto” mangasining to‘liq metrajli ekranizatsiyasi ustidagi ishlarni davom ettiradi.