Kristofer Nolanning “Odisseya”si IMAX tarixidagi eng kassabop filmga aylandi

Avvalgi rekord Jeyms Kemeronning “Avatar” filmiga tegishli edi.
Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi IMAX tarixidagi eng kassabop kartinaga aylanib, yangi rekord o‘rnatdi. IMAX Corporation ma’lumotlariga ko‘ra, filmning ushbu formatdagi jahon bo‘ylab kassa yig‘imlari 550 million dollardan oshgan. Avvalgi rekord Jeyms Kemeronning “Avatar” filmiga tegishli bo‘lib, u IMAX formatida inflyatsiyani hisobga olmaganda 271 million dollar daromad keltirgan.
Kompaniyaning 2026-yil uchinchi choragi uchun moliyaviy hisobotiga ko‘ra, “Odisseya"ning IMAX namoyishlari filmning umumiy jahon kassa yig‘imlarining qariyb 30 foizini tashkil etgan. Ushbu davrda kartina IMAX’ga 538 million dollar daromad keltirgan, kompaniyaning umumiy kassa yig‘imlari esa rekord darajadagi 712 million dollarga yetgan.
“Odisseya” to‘liq IMAX kameralari yordamida suratga olingan ilk to‘liq metrajli film bo‘ldi. Kartinani yaratish uchun kompaniya suratga olish jarayonining boshidan oxirigacha ushbu texnologiyadan foydalanish imkonini beruvchi yangi avlod kameralarini ishlab chiqdi.
Film 2026-yil 17-iyulda kinoteatrlarda namoyishga chiqdi. Bosh rollarni Mett Deymon, Tom Holland, Enn Xeteuey, Robert Pattinson va Zendeya ijro etgan. Kartinaning umumiy jahon kassa yig‘imlari qariyb 1,8 milliard dollarga yetgan.
“Odisseya” IMAX’dagi daromadlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi IMAX namoyishlaridan 500 million dollar daromad olgan tarixdagi ilk kartinaga aylandi.