“Rey Gann” multfilmining yangi treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana: · 617
“Rey Gann” multfilmining yangi treyleri chiqdi

Netflix “Rey Gann” animatsion filmining ikkinchi rasmiy treylerini taqdim etdi. Multfilm voqealari 1930-yillarning muqobil dunyosida, o‘zga sayyoraliklar yashaydigan futuristik Metropiya shahrida kechadi.

Bosh qahramon, detektiv Raymond Gann sirli qotillikni tergov qilish jarayonida jinoyat pop-yulduz Venera Nova bilan qandaydir tarzda bog‘liqligini aniqlaydi. Multfilm qahramonlariga Sem Rokuell, Skarlett Yoxansson, Tom Ueyts va boshqa aktyorlar ovoz bergan.

“Rey Gann” loyihasi ustidagi ishlar 1990-yillardayoq boshlangan. Multfilmning yakuniy byudjeti 150 million dollarni tashkil etgan. Dastlabki tanqidchilar uni ijobiy baholagan — Rotten Tomatoes platformasida multfilm 94 foizlik reytingga ega.

Netflix “Rey Gann” multfilmining treylerini e’lon qildi

Netflix rejissyor va ssenariynavis Bred Birdning (“Superoila”) yangi loyihasi — “Rey Gann” multfilmining ilk treylerini taqdim etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling