Marvel “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmining yakuniy treylerini taqdim etdi

Uch daqiqalik videorolik Marvel kinoolamining bir necha avlod qahramonlarini, jumladan, Qasoskorlar, X-odamlar va Fantastik to‘rtlikni birlashtirdi.
Marvel Studios “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmining yakuniy treylerini taqdim etdi. Uch daqiqalik videorolik Marvel kinoolamining bir necha avlod qahramonlarini, jumladan, Qasoskorlar, X-odamlar va Fantastik to‘rtlikni birlashtirdi. Superqahramonlarning asosiy raqibi kichik Robert Dauni ijrosidagi Doktor Dum bo‘ladi.
Treyler Stiv Rojers (Kris Evans) va Peggi Karter (Heyli Etvell) hikoyasi bilan boshlanadi. Qahramonlar o‘smir yoshdagi o‘g‘lini tarbiyalamoqda. U otasining o‘tmishi va uning Kapitan Amerika ekanidan xabar topishi kerak. Oilaning osoyishta hayotini Rid Richards (Pedro Paskal) boshchiligidagi Fantastik to‘rtlikning paydo bo‘lishi buzadi. Qaytgan qahramonlar orasida Siklop (Jeyms Marsden), Magneto (Ian Makkellen), Professor X (Patrik Styuart), Mistik (Rebekka Romeyn) va Gambitni (Channing Tatum) ham ko‘rish mumkin.
Filmga “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” va “Qasoskorlar: Final” kartinalarini suratga olgan Entoni va Jo Russo rejissyorlik qilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan aktyorlardan tashqari, kartinada Kris Hemsvort, Entoni Maki, Sebastian Sten, Florens Pyu, Tom Hiddlston, Vanessa Kirbi va Marvel’ning boshqa yulduzlari ham ishtirok etadi.
“Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmi 18-dekabr kuni dunyo kinoteatrlarida namoyishga chiqadi. Kartina Multikoinot sagasining so‘nggidan oldingi bobi bo‘ladi. Saga 2027-yilda “Qasoskorlar: Maxfiy urushlar” filmi bilan yakunlanadi.