Italiyadan "Kontrapunkt" duetining konserti

Konservatoriyaning organ zalida kamer musiqasi festivali munosabati bilan Italiyadan kelgan “Kontrapunkt” duetining konserti bo’lib o’tadi. Konsert “Yapon bahori” xalqaro loyihasi doirasida o’tkaziladi.
Filomena de Pasquale (fleyta) — klassik va jazz musiqachisi sifatida faol tarzda konsertlar berib keladi. U bir necha bor Italiyaning yetakchi telekompaniyasi RAI dasturlarida ishtirok etgan. Mashhur italyan bastakori Lusio Dalla (“Karuzo xotirasi” nomli xitning muallifi) bilan do’stlik Filomenani Dalla kuylarini klassik yo’nalishda ijro etgan holda yirik musiqiy loyiha yaratishga ilhomlantirdi.
Jorjio Albiani (gitara) — klassik, etno musiqa ijro etadi, teatr uchun musiqalar bastalaydi. Uning konsertlari RAI, EMI, BBC, Vatikan radiosi, Radio France va boshqalar uchun yozib olingan. Franchesko Petrarkaning tug’ilgan joyi Aretso shahridagi DIMA xalqaro musiqa akademiyasining badiiy rahbari. U ko’plab nufuzli musiqiy mukofotlarga ega.
Kirish bepul.
- Sana18 aprel, 19:00