Sergey Raxmaninovning 150 yilligiga bag'ishlangan konsert

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Sergey Raxmaninov tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan O‘zbekiston davlat simfonik orkestri konserti bo‘lib o‘tadi.
Ansamblning badiiy rahbari va bosh dirijyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev rahbarligida buyuk bastakorning ikki mashhur opusi — “Simfonik raqslar” va “Fortepiano uchun №3 konsert” ijro etiladi. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Boris Berezovskiy solist sifatida chiqish qiladi.
Moskva davlat konservatoriyasi bitiruvchisi (E. Virsaladze sinfi) Boris Berezovskiy ko‘plab mukofotlar, jumladan, Chaykovskiy nomidagi IX xalqaro tanlovning Birinchi mukofoti sovrindori. Pianinochi zamonamizning eng buyuk virtuozlaridan biri bo’lib, Luvr konsert zali, Yelisey teatri, Albert Xoll, Karnegi Xoll kabi dunyoning mashhur maskanlarida chiqish qilgan.
Chipta narxi: 100 000 so’mdan 150 000 so’mgacha.
Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.
Jonli ijro.
Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−239−4653, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.
- Sana8 may, 19:00