Anons

“Turk seriallari olami” saundtreklar konserti

E’lon qilingan sana· 452
“Turk seriallari olami” saundtreklar konserti

“Turkiston” san’at saroyida “Turk seriallari olami” nomli saundtreklardan iborat konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Qozog’iston simfonik orkestri — BN Team Orchestra ijro etadi.

BN Team turli janrda ijod qiluvchi yosh va shijoatli musiqachilar, aktyorlar va rassomlardan iborat ijodiy jamoadir. BN Team Orchestra simfonik orkestri “Turk seriallari olami” loyihasini tayyorlagan.

Bu musiqa shunchaki seriallarga hamrohlik emas, balki sizni kino muhitiga singdiruvchi, ekran qahramonlarining barcha kechinmalarini yetkazadigan butun bir simfonik olamdir.

Dasturda “Muhtasham yuzyil”, “Kara Sevda”, “Choliqushi”, “Qulupnay ifori”, “Sen Cal Kapimi” va boshqa ko‘plab turk seriallarining saundtreklari ijro etiladi. Shuningdek, katta ekranda mehmonlar sevimli teleseriallaridan parchalarni tomosha qilishlari, simfonik orkestr va xor ijrosidagi saundtreklarni tinglashlari mumkin bo‘ladi.

Yosh chegarasi: 5+.

Chiptalar narxi: 130 000 so’mdan 600 000 so’mgacha.
Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Jonli ijro.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−235−4440, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ