"Bahoriy shou" nomli konsert

O’zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida Xalqaro tanlovlar g’olibi — Milliy cholg’ular talabalar konsert orkestrining “Bahoriy shou 2” deb nomlangan konsert dasturi bo’lib o’tadi.
Yakkaxonlar — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sur’at Ortiqov, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Madina Ro‘ziboyeva, Xalqaro va Respublika tanlovlari g‘oliblari Umid Eshonxo‘jayev, Sanjar Qodirov, Daler Begmatov, Sardor Primov (qo‘shnay), Farruh Ischanov (elektr gitara), Shohruh Valijonov (qashqar rubobi), Ramziddin To‘rayev (nay pikkolo), R.Glier nomidagi RIMM xori (xormeyster — Beg‘am Shoto‘rayev), R.Glier nomidagi RIMM o‘quvchilari Muslima Sobitjonova, Shaxrizoda Jumanova, Gulasal Qambarova, Asila Sobirova, Gulira’no Uralova, Lobar Xojimurodova, Mubina Rayimjonova, Saidabonu Ibatova, Feruza Mirsaidova, Muhammad Yusuf Sadullayev.
Dirijyor — Abdumajid Karabayev.
Kirish bepul.
- Sana18 may, 15:00