Anons
“Turkiston” kamer orkestri konserti
E’lon qilingan sana: · 37

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida “Turkiston” kamer orkestrining cholg‘u asboblaridan iborat konserti bo‘lib o‘tadi.
Konsert dasturida fransuz bastakori K.Sen-Saens asarlari, shuningdek, D.Varelasning “Concerto Grosso No2” jahon premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Dirijyor: guruh badiiy rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Eldar Azimov.
Boshlovchi: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, professor Inessa Gulzarova.
Chiptalar narxi: 25 000 so’mdan 100 000 so’mgacha.
Chiptalarni Konservatoriya kassalaridan yoki iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 71−239−4653, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.
- Sana15 sentabr, 18:30