Anons

Pianinochi Lang Lang konserti

E’lon qilingan sana· 58
Pianinochi Lang Lang konserti

“Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Toshkentda ilk bor katta yakkaxon konsert bilan xitoylik virtuoz pianinochi Lang Lang ijro etadi. Ushbu chiqish sozanda uchun Markaziy Osiyodagi ilk namoyish bo‘ladi.

Lang Lang hozirda zamonaviy mumtoz musiqaning yetakchi vakili hisoblanadi. Uni 2008-yilgi Pekin Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga ham, nufuzli konsert zallarida ham ijro etishga taklif etishadi. U ser Saymon Rettl, Gustavo Dudamel, Daniel Barenboym va Kristof Eshenbah kabi dirijyorlar bilan hamkorlik qilib, yetakchi orkestrlar bilan ijro etadi. Lang Lang qoliplarsiz fikrlashi bilan mashhur bo‘lib, turli musiqiy olamlarga g‘oyibona sayohat qiladi. Uning GRAMMY mukofoti taqdimotida “Metallica”, Farell Uilyams yoki jaz afsonasi bo‘lmish Herbi Henkok bilan chiqishlarini butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar zavq bilan tomosha qilganlar.

Chiptalar narxi: 55 000 — 550 000 so‘m.
Chiptalarni bu yerdan sotib olish mumkin.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ