Anons

Mashhur hind filmlari saundtreklaridan iborat "Bollivud shou" konserti

E’lon qilingan sana· 199
Mashhur hind filmlari saundtreklaridan iborat "Bollivud shou" konserti

Milliy kino san’ati saroyida mashhur hind filmlari saundtreklaridan iborat “Bravo” orkestrining “Bollivud shou” konserti bo‘lib o‘tadi.

Tashrif buyuruvchilar mashhur hind filmlari kuylari, shuningdek, maxsus mehmonlar — taniqli xonandalar Hamdam Sobirov va Aziz Yo‘ldoshevlar ijrosidan bahramand bo‘ladi.

Orkestr haqida:

2016-yilda tashkil etilgan “Bravo” orkestri musiqaga o‘ziga xos yondashuvi tufayli allaqachon tinglovchilar qalbidan joy olgan. 50 dan ortiq iste’dodli musiqachilar dirijor yoki notalar varogʻisiz ijro etib, unutilmas muhit yaratadi, bu esa har bir ishtirokchiga oʻz individualligini ifodalash va tomoshabinlarga samimiy his-tuygʻularni berish imkonini yaratadi.

Chiptalar narxi: 257 000 soʻmdan 497 000 soʻmgacha.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−005−2646.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval