"Sublimation Fest 2024" musiqiy festivali

Aviasozlar madaniyat saroyida “Sublimation Fest 2024” musiqiy festivali boʻlib oʻtadi.
Bu Markaziy Osiyodagi birinchi katta miqyosdagi musiqiy tadbir bo‘lib, tashkilotchilar zamonaviy elektron musiqani o‘zbek an’analari bilan uyg‘unlashtirib, noyob madaniy platforma yaratadi.
Festival doirasida konferensiyalar, dunyo yulduzlari bilan mahorat darslari, san’at installyatsiyalari va musiqiy chiqishlar bo‘lib o‘tadi, jumladan, “Boiler Room” va “Refuge Worldwide” efirlari rejalashtirilgan. British Council va Toshkent shahar hokimiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan festival, O‘zbekistonda mustaqil san’atkorlar va ijodiy industriyalarni rivojlantirishni maqsad qilgan.
Festival doirasida Konsta, Adana Twins, Bjarki va Ivan Dorn kabi ijodkorlar chiqish qilishi kutilmoqda.
Chipta narxlari: 200 000 soʻmdan boshlanadi. 1 ta chipta xarid qilish orqali ketma-ket 2 ta tadbirda qatnashish imkoniyati mavjud boʻladi (28.09.2024 soat 16:00 dan 23:00 gacha). Toʻlov CLICK toʻlov usuli orqali amalga oshiriladi. Chiptalar narxi har hafta 200 000 dan 400 000 gacha oshib boradi.