Anons

Cluster baleti

E’lon qilingan sana· 759
Cluster baleti

Xalqaro balet festivali doirasida Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrda “Cluster” baleti namoyish etiladi.

Taniqli xoreograf Edvard Klyug turli yillarda o‘zi sahnalashtirgan to‘rt asardan iborat “Cluster” loyihasini taqdim etadi.

Uslubiy tomondan Edvard Klyug xoreografiyasi ko‘p jihatdan mavhum, mo‘tadil jo‘n tusga ega bo‘lib, raqslar tili sohasidagi izlanishlarni namoyon etadi. Tomoshabinlar zamonaviy bastakor Milko Lazar musiqasi uchun yaratilgan balet namunalaridan ham, “Radiohead” guruhi sadolari ostida avjiga chiqayotgan dramatik tomoshadan ham birdek zavq olishi mumkin.

    Telegram kanalimizga obuna bo‘ling