J.Lo ning Toshkentdagi konsertiga chiptalar narxi bir million so‘mdan boshlanadi

E’lon qilingan sana· 1 742
J.Lo ning Toshkentdagi konsertiga chiptalar narxi bir million so‘mdan boshlanadi

Toshkentda amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi Jennifer Lopesning konserti bo‘lib o‘tadi . 7-avgust kuni “Milliy” (Bunyodkor) stadionida jahon yulduzi “Up All Night — LIVE IN 2025” jahon turnesi doirasida chiqish qiladi. Jonli ijroda xitlar, professional xoreografiya va unutilmas muhit bilan keng ko‘lamli shou bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Chiptalar 5-iyun kuni soat 12:00 dan sotuvga chiqariladi va ularni veb-sayt, ilova va iticket.uz kassalarida olish mumkin. Narxlar tanlangan zonaga qarab 1 040 000 dan 4 100 000 so‘mgacha boʻladi:

  • VIP Standing (sahna oldidagi olovrang zonasi) — 3 770 000 so‘m;
  • Fanzone (sahna yonidagi ko‘k zona) — 3 510 000 so‘m;
  • Dance Floor (sahna oldidagi yashil maydon) — 2 990 000 so‘m;
  • Tribunalarda o‘tirish — joylashuviga qarab 1 040 000 so‘mdan 4 100 000 so‘mgacha.

Xavfsizlikni taʼminlash va firibgarlikning oldini olish maqsadida chiptalarni faqat iticket.uz mobil ilovasi orqali olish mumkin boʻladi. Kirish uchun QR kodi tadbirdan 24 soat oldin paydo boʻladi. Skrinshotlar yoki chiptani qurilmaga yuklab olish mumkin emas.

Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling