Lolaning "Oʻzicha" nomli konserti sanalari e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 677
Lolaning "Oʻzicha" nomli konserti sanalari e'lon qilindi

Xonanda Lola 26-sentyabrdan 30-sentyabrgacha “Xalqlar doʻstligi” saroyida “Oʻzicha” nomli konsertini taqdim etadi. Taqdimot Tashkent City Mall atriumida oʻtkazildi.

Bungacha Lola tomonidan “Oʻzicha” nomi koʻp bor tilga olingandi. Uning nimaligi esa 4-iyun kuni e’lon qilinishi aytilgandi. Tashkent City Mall atriumida konsertning banneri namoyish etildi. Tadbirda xonandaning oʻzi ishtirok etmadi.

Ma’lumot uchun, konsert chiptalari 9-iyundan boshlab sotuvga chiqariladi.

Avvalroq Lola oʻzining 2024-yildagi konserti foto kitobini sotuvga chiqargandi. Shuningdek, bu Oʻzbekistonda ilk marotaba kinoteatrda premyera qilingan konsert boʻlgandi.

Bundan tashqari, mazkur shou “FTV Music Awards 2024” va “Oʻzbegim 2024” taqdirlash marosimlarida yilning eng yaxshi konserti deb topilgan. Afisha.uz Lolaning ushbu shov-shuvli konsertidan fotoreportaj tayyorlagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling