Buyuk tenor ovoziga burkangan Registon: Andrea Bochellining Samarqanddagi konserti. Foto

E’lon qilingan sana· 301
Buyuk tenor ovoziga burkangan Registon: Andrea Bochellining Samarqanddagi konserti. Foto

1-sentyabr kuni Samarqand qalbida, ulug‘ Registon maydonida butun dunyoni maftun etgan ovoz yangradi.

Andrea Bochelli O‘zbekistonga go‘zallik, ulug‘vorlik va ilhomning haqiqiy ramziga aylangan unutilmas musiqa oqshomini hadya etdi. Uning chiqishi tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan, san’atning qudrati minglab insonlar qalbini birlashtirgan payt bo‘lib, Mustaqillik kuniga bebaho tuhfa bo‘ldi.

Registon bu kecha nafaqat chiroqlari bilan, balki bunday ulug‘ san’atkorni qarshi olgan xalqning faxru g‘ururi bilan ham nurga burkandi.

Maydonga dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mehmonlar O‘zbekistonning yuksak sayyohlik salohiyatini va mintaqaning haqiqiy madaniy markazi ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

Bu oqshom madaniyat chegara bilmasligi, musiqa butun xalqlarni birlashtirgan qalb tili ekanligining isboti sifatida yodda qoladi.

Afisha.uz fotosuratchisi afsonaviy italiyalik tenor Andea Bochelli ishtirokidagi unutilmas kechaning eng yorqin kadrlarini taqdim etadi.

Yevgeniy Sorochin
Fotosuratchi
Yevgeniy Sorochin
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling