Jan-Mishel Jarning Samarqanddagi konserti bepul bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 851
Jan-Mishel Jarning Samarqanddagi konserti bepul bo‘ladi

Tashkilotchilar fransuz musiqachisi va bastakori Jan-Mishel Jarning YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga bag‘ishlangan konserti barcha uchun bepul bo‘lishini ma’lum qildi.

Tadbir Samarqand shahrida 2025-yil 30-oktabrdan 13-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan anjumanning madaniy dasturi doirasida o‘tkaziladi.

Konsert chiptalari avvallari iticket.uz orqali sotilgan bo‘lsa, endi kirish ham shahar aholisi, ham mehmonlar uchun bepul bo‘ladi. Oldin sotib olingan chiptalarni qaytarish uchun Telegram’ga murojaat qiling: @iticketuzb.

Jan-Mishel Jar oʻzining musiqiy shoulari bilan tanilgan afsonaviy fransuz musiqachisi. Uning Samarqanddagi kontserti YUNESKO sessiyasining eng muhim voqealaridan biri bo‘lishini va’da qilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling