Bastaning konsert kuni koʻchirildi

E’lon qilingan sana· 297
Bastaning konsert kuni koʻchirildi

Bastaning (Vasiliy Vakulenko) 15-fevral kuni Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan konserti 17-fevralga qoldirildi.

“Toshkent! Afsuski, texnik muammolar tufayli bizning parvozimiz Olmaota aeroportiga qaytdi. Shu sababli, bugungi Yunusobod sport majmuasidagi konsert seshanba, 17-fevralga qoldirildi. Barcha chiptalar amal qiladi. Aloqada qoling, koʻrishguncha!”, deyiladi san’at sahifasida.

Sotib olingan barcha chiptalar yangi sana uchun amal qiladi.
Murojaat uchun telefonlar: (+998) 90−005−2646, (+998) 94−689−3553.

Konsert 17-fevral soat 20:00 ga koʻchirildi va Yunusobod sport majmuasida boʻlib oʻtadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling