Anons

"Jahon musiqasining shoh asarlari" konserti

E’lon qilingan sana· 250
"Jahon musiqasining shoh asarlari" konserti

Xalqaro forumlar saroyida YUNESKO Tinchlik elchisi unvoni sohibi Vladimir Spivakov hamda Rossiya Milliy filarmoniya orkestri ishtirokida “Jahon musiqasining shoh asarlari” konserti boʻlib oʻtadi.

Kechaning yakkaxon ijrochisi —Yekaterina Mechetina. U fortepiano uchun yozilgan Sergey Raxmaninovning Ikkinchi fortepiano konsertini ijro etadi. Dasturdan, shuningdek, Gabriel Forening “Pavana"si hamda Moris Ravelning mashhur “Bolero"si ham o‘rin olgan.

Jonli ijro.

Chipta narxi: 100 000 soʻmdan 600 000 soʻmgacha.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−232−8663.

4-may
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling