Klassik musiqa konserti

Yoshlar ijod saroyida “Klassik musiqa konserti” boʻlib oʻtadi.
O‘zbekiston davlat simfonik orkestri ijrosidagi klassik musiqa konsertida simfonik repertuarning atoqli bastakorlari asarlaridan iborat dastur taqdim etiladi.
Dasturda Pyotr Ilich Chaykovskiyning Uilyam Shekspir fojiasi asosida yaratilgan “Romeo va Juletta” uvertyura-fantaziyasi yangraydi. Asarda dramatizm, lirizm hamda jahon klassik musiqasining eng mashhur namunalaridan biriga aylangan sevgi mavzusi o‘zaro uyg‘unlashgan.
Aleksandr Glazunovning 4-sonli simfoniyasi ham ijro etiladi — bu jonli orkestratsiya, boy tembr va ifodali ohangga ega keng koʻlamli simfonik asar.
Orkestrga badiiy rahbar va bosh dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti Kamoliddin Oʻrinboyev dirijyorlik qiladi. Konsert boshlovchisi — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Inessa Gulzarova.
Chipta narxi: 55 000 soʻmdan 88 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.
