Anons
“Incognito” guruh
E’lon qilingan sana: · 85

Xalqaro forumlar saroyi ochiq maydonida Toshkentdagi xalqaro jaz festivali doirasida britaniyalik “Incognito” guruhi chiqish qiladi.
Jamoa gitarachi va prodyuser Jan-Pol Monik tomonidan asos solingan bo‘lib, ijodiy faoliyati davomida Stivi Uander, Chaka Xan, Jorj Benson hamda Markus Miller kabi yulduzlar bilan hamkorlik qilgan. Ularning musiqasi — jaz, fank va soul uyg‘unligidan tug‘ilgan kuchli sintez bo‘lib, har bir chiqishida tomoshabinlarni jonli energiya bilan rom etadi. Bugungi kunga qadar guruh 19 ta studiyaviy albom chiqargan va hanuz xalqaro sahnada eng qudratli jonli jamoalardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Kirish bepul.
