Anons

Tigran Hamasyan

E’lon qilingan sana· 40
 Tigran Hamasyan

Xalqaro forumlar saroyi ochiq maydonida Toshkentdagi xalqaro jaz festivali doirasida bastakor va pianinochi Tigran Hamasyan chiqish qiladi.

Armanistonda tug‘ilgan Tigran jaz improvizatsiyasi, progressiv rok va o‘z yurti boy folklor an’analarini mohirona uyg‘unlashtiradi. Uning iste’dodi nufuzli tanlovlarda, jumladan, “Montrё” xalqaro jaz festivali hamda “Telonius Monk” nomidagi tanlovdagi g‘alabalari bilan e’tirof etilgan. Festival doirasida pianinochi yangi “Manifeste” albomi dasturini taqdim etadi — unda qadimiy ohanglar zamonaviy tovush bilan uyg‘unlashgan musiqiy sayohat aks etadi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling