Anons
"Ayo Trio" guruhi
E’lon qilingan sana: · 554

Xalqaro forumlar saroyi ochiq maydonida Toshkentdagi xalqaro jaz festivali doirasida “Ayo Trio” guruhi chiqish qiladi.
Uch nafar bolalikdan do‘st bo‘lgan musiqachidan iborat trio o‘z ijodida jazz va klassik musiqani isroil folklori hamda sharqona ohanglar bilan uyg‘unlashtiradi. Ularning har bir kompozitsiyasi turli kayfiyat va obrazlarga boy — ba’zan nozik va sokin, ba’zan esa jo‘shqin va keng qamrovli.
Kirish bepul.
