Anons
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining big-bend guruhi
E’lon qilingan sana: · 276

Xalqaro forumlar saroyi ochiq maydonida Toshkentdagi xalqaro jaz festivali doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining ikkita big-bend guruhi chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
Mo‘minjon Olimov va Igor Burdyukov rahbarligidagi big-bendlar institut talabalaridan tashkil topgan, mamlakat madaniy hayoti va jaz festivallarida faol ishtirok etib kelayotgan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lmish musiqa jamoalaridir. Konsert dasturida jaz standartlari, estrada musiqasi asarlari hamda qayta ishlangan saylanmalar, shu jumladan, mashhur o‘zbek qo‘shiqlari ijro etiladi.
Kirish bepul.
