Anons
Human House’da Peru madaniyati kechasi
E’lon qilingan sana: · 44

Human House galereyasida “And musiqasi va inklar merosi” mavzusida Peru madaniyati kechasi bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlar Peruning qadimiy madaniyati bilan tanishishi, uning o‘ziga xos ohanglarini tinglashi va And xalqi dunyoqarashi haqida ko‘proq ma’lumot olishi mumkin.
Kecha dasturida:
- jonli musiqa — Braulio Salas Mayta tomonidan haqiqiy Peru cholg‘ularida And tog‘larining an’anaviy kuylarini ijro etish;
- qadimiy bilimlar — an’anaviy Peru tibbiyoti, inklar merosi va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan salomatlikka oid qadimiy sirlar bilan tanishish. Uchrashuvni César Villalobos olib boradi.
Kirish bepul.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 93−580−8831.
Jadval
12-iyul
18:00
Toshkent, Ivliev ko‘ch., 43