Anons
Pink Floyd Legacy
E’lon qilingan sana: · 25

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Pink Floyd Legacy guruhi konserti bo‘lib o‘tadi. Dastur “The Door to the East” deb nomlanadi.
Pink Floyd Legacy — 2014-yilda tashkil etilgan guruh bo‘lib, ular Pink Floyd qo‘shiqlarini jonli ijro etadi va original konsert atmosferasini qayta yaratishga harakat qiladi.
Tarkibida doimiy musiqachilar bor, ayrim konsertlarga esa Pink Floyd bilan ilgari ishlagan musiqachilar maxsus mehmon sifatida qo‘shiladi.
Toshkentdagi konsert maxsus mehmonlari:
- Durga McBroom — 1987−1994-yillarda Pink Floyd`ning konsertlarida bek-vokal kuylagan;
- Mark Lennon — ilgari Rojer Uoters, Cher, Fil Kollins bilan ishlagan vokalist.
Chipta narxlari: 300 000 so‘mdan 1 200 000 so‘mgacha.
Murojaat uchun: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.
