"Uzbekistan Airways" bir qator xorijiy reyslarga chegirmalarni e'lon qildi

E’lon qilingan sana: · 680
"Uzbekistan Airways" bir qator xorijiy reyslarga chegirmalarni e'lon qildi

“Uzbekistan Airways” an’anaviy “Yorqin payshanba” aksiyasini e’lon qiladi.

16-may kuni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 20% chegirma taqdim etiladi:

  • Toshkentdan Bangkok, Kuala-Lumpurga va ortga;
  • Buxoro, Nukus, Samarqanddan Istanbulga va ortga;
  • Samarqanddan Nijniy Novgorodga va ortga.

Aksiya faqat bir kun davomida amal qiladi — 00:00 dan 23:59 gacha. Aviachiptalarni www.uzairways.com veb-saytida, ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 20% lik chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling