“Uzbekistan Airways” bir qator ichki xalqaro reyslarga chegirma e’lon qiladi

E’lon qilingan sana· 293
“Uzbekistan Airways” bir qator ichki xalqaro reyslarga chegirma e’lon qiladi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida bir qator xalqaro va ichki reyslarga 20 foizgacha chegirma taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bir kun davom etadigan aksiyada 19-dekabr kuni quyidagi aviareyslarga chegirma amal qiladi:

  • Toshkentdan Dubay, Samarqand, Termiz va ortga;
  • Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘onadan Moskvaga va ortga.

Aksiya faqat bir kun — 19-dekabr kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Chiptalarni kompaniya rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin. Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 20 foizgacha chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.