Olmaota, Milan, Mumbay: “Uzbekistan Airways” bir qator reyslarga chegirma e’lon qiladi
E’lon qilingan sana: · 444

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Oʻzbekiston shaharlaridan qator xalqaro reyslarga 20 foizgacha chegirma taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bir kun davom etadigan aksiyada 23-yanvar kuni Toshkentdan Olmaota, Bishkek, Milan, Moskva, Mumbay, Parij va ortga qaytuvchi aviaqatnovlar tariflariga chegirma amal qiladi.
Aksiya faqat bir kun — 23-yanvar kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Chiptalarni kompaniya rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin. Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 20 foizgacha chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.