Anons

Xalqaro landshaft san'ati eko-festivali

E’lon qilingan sana· 353
Xalqaro landshaft san'ati eko-festivali

Toshkentda GreenArt xalqaro landshaft san’ati eko-festivali bo‘lib o‘tadi. Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining ekologik madaniyatini oshirish, shuningdek, bog‘dorchilik jarayoniga ommani keng jalb etishdir.

Ekofestival mamlakatda ekologiya va obodonlashtirish muammolariga jamoatchilik va kasb-hunar hamjamiyatining e’tiborini jalb etishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirdir.

Tabiatdagi keskin iqlim o’zgarishlari, global isish, g’ayritabiiy issiqlik — bu dunyo taraqqiyotini buzadigan o’nglanmas jarayonlardir. Ekologik falokat muqarrar, ammo atrof-muhitni saqlashga ongli yondashish bu jarayonni sekinlashtirish va yumshatishga yordam beradi.

Xalqaro ilmiy konferensiya doirasida professional ma’ruzachilar ma’ruza qiladilar:

  • Kristina Karen Vardanyan — «Ekologiya va tibbiyot»;
  • Temur Ahmedov — «Shahardagi tomlarni ko‘kalamzorlashtirish»;
  • Temur Yunusov — «Ekologiya»;
  • Marina Borodina — «Antropogen landshaftlar»;
  • Tatyana Antonenko — «Yashil iqtisodiyot».

Shuningdek, festival doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

  • obodonlashtirish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish zaruriyati yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish, ekish agrotexnikasi bilan tanishtirish;
  • ekish materiallari standartlarini muhokama qilish;
  • ko‘chatlarni ko‘kalamzorlashtirish, loyihalash, parvarishlash jarayonlarida faol ishtirok etuvchi ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarining g‘oyaviy va tashabbuskor talabalari jamoasini shakllantirish;
  • yangi bolalar bog’chalarini yaratish va mavjud rekonstruksiya qilish strategiyasini muhokama qilish;
  • ko‘rgazma-yarmarka tashkil etish, unda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar va ko’chatxonalar o‘z mahsulotlari darajasi va sifatini namoyish etishlari, o‘zaro tajriba almashishlari mumkin.

Festival dasturi:

27-aprel:

Manzil: Navoiy ko’chasi 1A, Hyatt mehmonxonasi orqasida.

1. Landshaft sanoati uchun manzarali o’simliklar va tegishli mahsulotlar ko’rgazmasi va savdosi.
Ishtirokchilar — O‘zbekiston landshaft sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, irrigatsiya tizimlari bo‘yicha yirik kompaniyalar vakillari, biogumus ishlab chiqaruvchilar va boshqalar.

2. Kichik bog’lar ko’rgazmasi.
Ishtirokchilar — manzarali o‘simliklar ko‘chatxonalari, landshaft dizaynerlari va O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari talabalari.

3. Shahar kichik va monumental haykaltaroshlik ko’rgazmasi.
Ishtirokchilar — O‘zbekistonning yosh, iqtidorli haykaltaroshlari hamda Kamoliddin Behzod nomidagi san’at instituti talabalaridan iborat ijodiy guruh.


28-aprel:

Manzil: Zarafshon anjumanlar zali.

Konferensiya soat 10:00 da boshlanadi.

A’zolar:

1. Tatyana Antonenko, KQA prezidenti, Olmaota, Qozog‘iston.

2. Kristina Karen Vardanyan, Yerevan tibbiyot instituti dotsenti.

3. Temur Axmedov, «O‘zbekiston yashil qurilish kengashi» NNT.

4. Timur Yunusov, Kembrij universiteti professori.

5. Jambekova Gulnora Suleymanovna, ToshPI klinik allergologiya, immunologiya va mikrobiologiya kafedrasi professori.


29-aprel:

Manzil: Puchon universiteti, Qotortol ko’chasi, 38.

Yoshlar forumi.

«Katta shahar ekologiyasi» mavzusidagi loyihalar taqdimoti va muhokamasi. Interfaol o’yinlar, ekologiya va yashil qurilish mavzularini muhokama qilish.
Ishtirokchilar — O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonning ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, xalqaro ekspertlar va O‘zbekiston yosh me’morlar uyushmasi.

Festival tashkilotchilari — O‘zbekiston landshaft san’ati assotsiatsiyasi.

  • Sana
    27dan 29-aprelgacha
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ