Anons

"Mo'jizalar vaqti" xayriya yarmarkasi

E’lon qilingan sana· 192
"Mo'jizalar vaqti" xayriya yarmarkasi

Lotte City mehmonxonasi hududida 22-bor “Mo'jizalar vaqti” xayriya yarmarkasi bo’lib o’tadi, unda imkoniyati cheklangan bolalar, jumladan: ota-onasiz qolgan bolalar; imkoniyati cheklangan bolalar va og‘ir turmush sharoitida yashovchi bolalar ijodiy ishlarini taqdim etishadi.

400 nafar ishtirokchi bolalar rasmlar, tabriknomalar, yumshoq o‘yinchoqlar, zardo‘zlik, munchoqlar, applikatsiyalar, kashtachilik, zargarlik buyumlari va boshqa ko‘plab 2000 dan ortiq asarlarini tomoshabinlarga taqdim etadi. Tadbir doirasida turli mahorat darslari, shuningdek, shou-dastur va yulduzlarning chiqishlari ko‘zda tutilgan.

“Mo‘jizalar vaqti” xayriya yarmarkasi 2003-yildan buyon har yili ko‘ngillilar tashabbuskor guruhi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda, bu 2020-yilda “O‘zbekiston Ko‘ngillilar assotsiatsiyasi” NNTning tashkil etilishi bilan davom ettirildi. Bu yil ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida hamda “Lukoyl” kompaniyasining moliyaviy ko‘magida o‘tkazilmoqda. Yarmarkada 150 dan ortiq ko’ngillilar ishtirok etishadi va nogiron bolalar manfaatiga qaratilgan kompleks dasturlarni amalga oshiruvchi 25 dan ortiq ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, mehribonlik uylari va jamoat tashkilotlari qatnashadi.

Yarmarka ish vaqti: 10:00 dan 16:00 gacha.

Kirish bepul.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 93−505−6966, (+998) 90−188−0811.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ