Anons
Hakim Turdiyev studiyasining “Qizg'inlik” nomli koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 210

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko‘rgazmalar zalida Hakim Turdiyev studiyasining “Qizg'inlik” nomli koʻrgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmada Hakim Turdiyev, Faim Madgazin, Erkin Bazarov, Shaxrizod Qurbonova, Sevinch Uralova, Anora Mexmonova, Visolaxon Tolipxonova, E’zoza Zokirjonova va Sevara Baxodirovalarning ijodiy ishlari namoyish qilingan.
“AzArt” studiyasi bir vaqtning o‘zida “Osiyo rassomi” (“Художник Азии”) va “Qizg‘inlik” ma’nosini bildiradi. Konsepsiyaning umumiy ma’nosi shundan iboratki — har bir rassom o‘zining ichki dunyosini yaratadi. Tomoshabin ijodiy asarlarni ko‘rib rassomning aytolmagan so‘zlarini kuzatish mumkin.
Kirish bepul.
- Sana15dan 19-maygacha