Anons

Ruminiya milliy liboslari ko'rgazmasi

E’lon qilingan sana· 82
Ruminiya milliy liboslari ko'rgazmasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat amaliy san’at muzeyida Xalqaro rumin bluzkasi kuniga bag‘ishlangan milliy rumin liboslari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmani Ruminiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniel Kristian Chobanu va O‘zbekiston Respublikasi Davlat amaliy san’at muzeyi direktori Ismat Yusupovlar ochib berishadi.

Ruminiya xalqlarimizni yaqinlashtiradigan bo‘g‘in sifatida O‘zbekiston bilan barcha darajadagi, jumladan, madaniyat sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2022-yil 8-dekabr kuni Ruminiyaning Toshkentdagi elchixonasiga O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan minnatdorchilik maktubi qabul qilindi.

Tadbir Ruminiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat amaliy san’at muzeyi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Kirish bepul.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ