Tashkent Fashion & Textile Expo ko'rgazmasi

“O‘zexpomarkaz"da Tashkent Fashion & Textile Expo xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar taklif etilgan xalqaro ekspertlarning mahorat darslari, moda namoyishlari va mahsulotlar namoyishlaridan bahramand bo’lishadi.
Tashkent Fashion & Textile Expo — turli mamlakatlardan kelgan mehmonlar ishtirokidagi to‘qimachilik sanoatidagi tadbir. Ko’rgazmada mato, aksessuarlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi brendlar namoyish etiladi.
Ishtirokchilar orasida Turkiya, Xitoy va Rossiyadan 140dan ortiq firma o‘z mahsulotlarini namoyish etadi. Ko‘rgazma doirasida ushbu mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B formatida ishbilarmonlik uchrashuvlari tashkil etiladi.
Kirish bepul.
Ro’yxatdan o’tish havola orqali talab qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 71−238−5611.
Jadval
- O'zekspomarkaz19-iyulchorshanbaToshkent, Amir Temur sh. k., 107
- O'zekspomarkaz20-iyulpayshanbaToshkent, Amir Temur sh. k., 107