“Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” multimedia ko‘rgazmasi o'z ishini qayta tikladi

E’lon qilingan sana· 265
“Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” multimedia ko‘rgazmasi o'z ishini qayta tikladi

18-avgust kunidan O‘zEkspomarkazda “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” multimedia ko‘rgazmasi yana o‘z ishini davom ettiradi, bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar bermoqda.

Ekspozitsiya ikki qismdan iborat. Birinchisi XIX-XX asrlar sarhadida salmoqli badiiy harakatni aks ettiruvchi impressionist musavvirlarning asarlariga bag‘ishlanadi. Ikkinchi qism avstriyalik taniqli rassom Gustav Klimtning hayoti va ijodi haqida hikoya qiladi.

Zamonaviy texnologiyalar yordamida Yevropa rangtasviri durdonalaridan nafaqat mahobatli muzey zallari makonidan, balki multimedia ko‘rgazmasi sahifalaridan ham bahramand bo‘lish mumkin.

Ko‘rgazma 2023-yil 18-avgustdan 10-sentabrgacha “O‘ZEKSPOMARKAZ"ning 5-pavilionida tomoshabinlar uchun ochiq bo’ladi.

Batafsil ma’lumotlar ushbu havolada.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ