O‘zbekistonda “Ta’lim va kasb – kuz-2023” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 516
O‘zbekistonda “Ta’lim va kasb – kuz-2023” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Ko‘rgazma Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxoro va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tadi va unda 30 dan ortiq xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari hamda ish beruvchilar ishtirok etishadi.

13−23 oktabr kunlari “Ta'lim va kasb — kuz-2023” 24-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda dunyoning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etishadi. Bu kutilgan va keng ko‘lamli tadbirlardan biri har yili 10 000 dan ortiq abituriyentlarga ta’lim muassasini to’g’ri tanlov qilishda yordam beradi.

Ko‘rgazmada Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Latviya va boshqa mamlakatlarning xalqaro ta’lim muassasalari hamda O‘zbekistondagi xorijiy oliy o‘quv yurtlari filiallari va ish beruvchilar ishtirok etishadi.

Ko’rgazmada sizni quyidagilar kutmoqda:

  • universitetlar qabul muddati, fakultetlari, mutaxassisliklar, hujjatlarni topshirish muddatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyati;
  • ko‘rgazmada ishtirok etuvchi oliy ta’lim muassasalari xodimlari — prorektorlar, dekanlar, qabul komissiyasi a’zolaridan bevosita maslahat olish imkoniyati;
  • ta’lim va viza ta’minotining barcha masalalari bo’yicha ekspert ma’lumotlarini olish, shuningdek, joyida o’qish uchun ariza topshirish va tanlangan universitetga o’qishga kirish jarayonini boshlash imkoniyati;
  • ma’lum bir mamlakatning ta’lim tizimi, uning madaniyati, turmush tarzi va boshqalar haqida batafsilroq ma’lumot olish, tegishli dasturni tanlash imkoniyati;
  • soha mutaxassislarining fikrlarini eshitish;
  • zamonaviy ta’lim qanchalik keng imkoniyatlar berayotgani haqida o’z taassurotlaringizni shakllantirish imkoniyati.

Shuningdek, “Ta'lim va kasb — kuz-2023” ko‘rgazmasi bu yil ro‘yxatdan o‘tish va oliy ta’lim yo‘lini boshlash uchun ikkinchi imkoniyatdir.

“Ta'lim va kasb — kuz-2023” ko‘rgazmasiga tashrif buyurish bepul. Faqat quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.

Ko‘rgazma hamkorlari:

  • O‘zbekiston Yoshlar masalalari agentligi;
  • O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
  • Rossotrudnichestvo;
  • Eva Consulting va Rossobrazovanie konsalting kompaniyalari.

Batafsil ma’lumotni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin: (+998) 90−139−64−44,(+998) 90−972−55−45,(+998) 90−972−55−25.

Sayt: myfair.events
Facebook: facebook.com/myfair.events
Instagram: @myfair.events, @rustam_saydullaev
Telegram-guruh: t.me//mvo_help

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ