Anons

Welcome to Dreamsland ko'rgazmasi

E’lon qilingan sana· 33
Welcome to Dreamsland ko'rgazmasi

“Ilhom” teatri ko‘rgazmalar maydonida “Art Space BFG” loyihasi doirasida Isomiddin Eshonqulovning Welcome to Dreamsland nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Isomiddin Eshonqulovning shaxsiy ko‘rgazma loyihasi tomoshabinga rassomning yangi kartinalari, 2D formatida yaratilgan animatsion filmlar va videoroliklar hamda loyiha doirasidagi qisqa metrajli animatsion filmning eksklyuziv namoyishini taqdim etadi.

Rassom syurrealist rassomlarning yondashuviga ergashib, bir-biriga zid, ba’zan esa absurd obrazlardan foydalanadi. Insonning ichki dunyosi, uning o’tmishi va kelajagi, koinotdagi o’rni haqida gapirish.

Kirish bepul.