"Ko'ngil aksi" nomli ko'rgazma
Hilton Tashkent City mehmonxonasida “Ko‘ngil aksi” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Unda taniqli o‘zbek rassomlari Marat, Lyudmila va Diana Sodiqova tomonidan chizilgan rasmlar namoyish etiladi. Ko‘rgazmadan sulola vakillarining so‘nggi 50 yil davomida yaratgan asarlari o‘rin olgan.
Marat Sodiqov — Oʻzbekiston xalq artisti, sanʼat akademigi. Uning rasmlari Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyi, Tretyakov galereyasi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, shuningdek, AQSh, Rossiya, Germaniya, Finlyandiya, Italiya, Fransiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi galereyalar, muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda namoyish etilgan. 2021-yilda vafot etdi.
Lyudmila Sodiqova — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan rassom, taniqli grafik rassom. Uning asarlari O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida, shuningdek, dunyo bo’ylab shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.
Kirish bepul.
- Sana18dan 20-noyabrgacha