Anons

Italiya mahsulotlari koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 231
Italiya mahsulotlari koʻrgazmasi

Toshkent fotosuratlar uyida “Dohiyona Italiya. Dizayn imkoniyatlari. Umumjahon e’tirof etilgan sanoat dizaynining goʻzalligi, oʻziga xosligi va ijodkorligi” nomli koʻrgazma boʻlib oʻtmoqda.

Koʻrgazma tomoshabinni oddiy obyektlar isteʼmolchisi sifatida emas, balki obyektlarning oʻzi orqali ijodkorni iste’dod, qobiliyat va salohiyatni namoyon etuvchi “inson” sifatida koʻrishni taklif qiladi. Italiyaning mashhur dizayn obyektlarini tanlash orqali Italiya sanoati va dizaynerlarining ijodi namoyish etiladi. Koʻrgazma shuningdek, Italiya Patent va tovar belgilari idorasida roʻyxatdan oʻtgan tovar belgilari va patentlarning boy merosini yoritadi.

Koʻrgazma uchun jami 72 ta mahsulot tanlab olingan. Ularning barchasi patentlangan obyektlar, ba’zilari nufuzli Compassod’Oro yoki faxriy mukofotlar sovrindorlari, boshqalari esa ADI indeksiga kiradi.

Kirish bepul.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ