“Expo Osaka 2025” butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilioni ochiladi

E’lon qilingan sana· 173
“Expo Osaka 2025” butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilioni ochiladi

2023-yil boshidan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi EKSPO ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilionining ishtirok etishi uchun faol tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Bu uchun dunyoga mashhur “Atelier Brueckner” bilan hamkorlikda pavilionning me’moriy g‘oyasi ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda jamg‘arma matbuot xizmati.

Yaponiyaning Osaka shahrida 2025-yilning 13-aprelidan 13-oktyabrigacha Butunjahon “Expo Osaka 2025” koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 170 dan ortiq davlat ishtirok etadi.

25-mart kuni Osakada O‘zbekiston milliy pavilioni qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Milliy pavilion ustida ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shveysariyaning “Nussli Switzerland Ltd.” qurilish kompaniyasi Milliy pavilionning hamkori hisoblanadi.

Pavilionda “Bilimlar bog‘i” loyihasi taqdim etilib, u Barqaror rivojlanish maqsadlarining uch ustuvor yo‘nalishi: “sifatli ta’lim”, “hamyonbop va toza energiya” hamda “sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma” rejalariga muvofiq O‘zbekistondagi o‘zgarishlar jarayonini namoyish etuvchi loyihalarni birlashtiradi.

O‘zbekiston milliy pavilioni EKSPO ko‘rgazmasining g‘arbiy qismida, mamlakatlar bosh pavilionlarining markaziy aylanasida joylashtirilib, tashrif buyuruvchilar undan bahramand qulayroq bo‘ladi.

Dastlabki arizaga binoan O‘zbekiston “A” turdagi pavilionni bunyod etishni rejalashtirmoqda. Uch qavatdan iborat pavilionning umumiy maydoni 800 kv.m.ni tashkil etadi.

“Expo Osaka 2025” dasturida qator madaniy tadbirlar, jumladan, O‘zbekiston milliy kuni, keng miqyosli madaniy dasturga taraddud ko‘rilmoqda, shuningdek, ayollar pavilionida sho‘ba bahs-munozarasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ