Anons

Xelga Paris fotoko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 141
Xelga Paris fotoko‘rgazmasi

Oʻzbekiston tasviriy san’at galereyasida 16-aprel kuni soat 19:00 da Gyote-Instituti, Germaniyaning Xalqaro madaniy aloqalar instituti (IFA) bilan hamkorlikda Xelga Paris fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi boʻlib o‘tadi.

Xelga Paris 1938-yilda ishchilar oilasida dunyoga kelgan, u taniqli ijodkor va fotograf bo‘lgan va hayotining muhim qismini sobiq GDR davlatida o‘tkazgan. Uning ijodiy faoliyati proletariatga mansub kundalik sahnalarni va oddiy odamlarni suratga olishdan iborat edi. Uning faoliyati GDR yoki keyinchalik GDRning sobiq hududlari bilan chegaralanib qolmadi. U, shuningdek, sobiq Sovet respublikalari, Rim va Nyu-Yorkka sayohat qilib, insonlar hayotidagi lahzalarni suratga oldi. Xelga Paris bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan va Badiiy akademiyaning a’zosi boʻlgan.

Toshkentdagi fotoko‘rgazma muallifning 2024-yil 5-fevraldagi vafotidan keyingi birinchisi bo‘ladi. Koʻrgazmada asosiy e’tibor Xelga Paris xotirasi va uning faoliyati haqida fikr yuritishga qaratiladi. Fotosuratlar bir oy davomida, may oyining o‘rtalariga qadar namoyish etiladi.

Kirish bepul.

Koʻrgazmaning ish soatlari: Seshanba — Shanba, soat 10:00 dan 17:00 gacha.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ