Anons

Samarqand Darvoza'da “Sharqona bozor”

E’lon qilingan sana· 4
Samarqand Darvoza'da “Sharqona bozor”

“Samarqand Darvoza” savdo markazida “Sharqona bozor” koʻrgazmali yarmarkasi boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazmaning tematik boʻlimlari:

  • Oʻzbek milliy buyumlari: qoʻgʻirchoqlar, kiyim-kechaklar, shaxmat;
  • uy va interyer uchun aksessuarlar: panellar, yostiqlar, vazalar, aromatli shamlar, matodan qilingan gullar;
  • kosmetika mahsulotlari: sovun, yuz va tanani parvarish qilish mahsulotlar;
  • suvenirlar, sovgʻalar, oʻyinchoqlar, kalit halqalar;
  • zargarlik bezaklari;
  • uy uchun toʻqimachilik buyumlari: dekorativ yostiqlar, adyol;
  • charm mahsulotlari: rasmlar, sumkalar, poyabzallar, kamarlar, hamyonlar, hujjatlar muqovalari, fotoalbomlar, soch uchun zargarlik buyumlari;
  • tabiiy yogʻochdan tayyorlangan mahsulotlar: stollar, stullar, lampalar, kitob stendlari, qutilar, narda va shaxmat;
  • gulli kompozitsiyalar: gul oʻyinchoqlari va savatlari;
  • turli aksessuarlar.

Shuningdek, yarmarka doirasida bolalar uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.

Mahorat darslarida ishtirok etish narxi: 35 000 soʻmdan 180 000 soʻmgacha.

Yarmarkaga kirish bepul.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 93 396−78−76, (+998) 77−018−3000.