Oʻzbekiston yosh rassomlarining birinchi san'at festivali [RE]GENERATION qanday oʻtmoqda?

E’lon qilingan sana· 443
Oʻzbekiston yosh rassomlarining birinchi san'at festivali [RE]GENERATION qanday oʻtmoqda?

3-sentyabr kuni ko‘rgazma mehmonlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. [RE]GENERATION — Oʻzbekiston madaniy hayotini rivojlantirish va yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan notijoriy loyiha hisoblanadi.

Festival ochiq rejimda atigi ikki kun, 4−5 sentyabrda Axelon karting klubi hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo jamoatchilikning katta qiziqishi va uni uzaytirish haqidagi koʻplab soʻrovlarni hisobga olgan holda, festivalni uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Koʻrgazma 12-sentyabrgacha davom etadigan boʻldi.

[RE]GENERATION — Oʻzbekistonning isteʼdodli rassomlarining yangi avlodini taqdim etishga moʻljallangan keng koʻlamli badiiy tadbirdir.

Koʻrgazma turli xil san’at turlarini birlashtiradi: rassomlar, fotosuratchilar, shoirlar, musiqachilar va hunarmandlar bir joyda uchrashadi. Tashrif buyuruvchilar rasm va chizmalar, haykaltaroshlik namunalari va installyatsiyalar, spektakllar va video san’ati koʻrgazmalaridan bahramand boʻlishlari mumkin.

Barcha festival tadbirlari umumiy gʻoya, konsepsiya yoki ssenariy bilan birlashtirilmagan, aksincha, 6000 metr kvadrat metr maydonga ega Axelon karting arenasida joylashgan koʻrgazmaning butun maydon ijod va san’atning cheksiz oqimini qabul qiladi.

Festival kuratori xalq rassomi Bobur Ismoilov bo‘lib, u nafaqat ko‘rgazmani yaratishda yordam bergan, balki har bir ijodkor bilan muloqot jarayonida amaliy maslahatlar berishga yoki yo‘nalish taklif qilishga harakat qilgan.

San’atning turli shakllari bir-biriga bogʻlanib, bir-birini toʻldirishini faqat koʻrgazma mehmonlarining oʻzlari koʻrishlari mumkin.

“Ushbu festival, bizning birinchi sharimiz, biz uni osmonga uchiramiz va bundan keyin qanday rivojlanishini koʻramiz, lekin, albatta, asosiysi, koʻrgazma yosh rassomlarning asarlarini yoritib beradi, bu ularga katta turtki beradi va muvaffaqiyatli ijodiy martaba uchun tramplindir”, — dedi Bobur Ismoilov.

[RE]GENERATION — zamonaviy oʻzbek sanʼati va Oʻzbekiston ijodiy dunyosining rang-barangligini kashf etish imkoniyati.

Festival kuratorlar Anastasiya Mityushina va Mixail Slobodinskiylarning zamonaviy san’at bo‘yicha ma’ruzalari bilan ochildi. Rustam Sulaymonov, Nigora Ahmedova va Natalya Musina ishtirokida badiiy bozorning shakllanishiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi kun sanʼat va falsafa sohasidagi xalqaro ekspert Aura Seikkula (Finlyandiya), Artcom Platform va Art Collider maktabi kuratori va asoschisi Aleksandra Kim (Qozogʻiston), shuningdek, badiiy direktor va stilist Kamilla Ahmad (O‘zbekiston) ishtirokidagi ochiq muloqotlar boʻlib oʻtdi.

Tadbir Karimov va “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armalari tomonidan tashkil etilgan.

Shohruh Haydarov
Fotosuratchi
Shohruh Haydarov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling