Anons
“Uchar likopcha uchuvchisi yoki Korovinaning 35 durdona asari” koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 64

Toshkentdagi Fransuz alyansida grafik rassom Mariya Korovinaning “Uchuvchi likopcha uchuvchisi yoki Korovinaning 35 durdona asari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mariya Korovina — taniqli grafik rassom, miniatyurachi va vitraj ustasi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida oʻtkazilgan koʻrgazmalar ishtirokchisi. U Toshkent shahrining vitrajli arxitektura obyektlari: Senat, Davlat konservatoriyasi, Uspenskiy kafedral sobori va boshqalarni loyihalashda ishtirok etgan.
Mariyaning asarlari Yevropa, Rossiya, Xitoy, Hindiston va AQShda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Ko‘rgazma ochilish marosimi 25-sentyabr kuni soat 16:00 da boʻlib oʻtadi.
Kirish bepul.
Jadval
25-sentabr
chorshanba
Toshkent, Zulfiyaxonim ko‘ch., 112